“Chelsi” transferlarga yana € 280 mln sarflamoqchi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati joriy mavsumlar oralig'idagi transferlar uchun yana 280 million evro sarflamoqchi.

Telegraph nashrining xabar berishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte o'z jamoasida “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandro, “Suonsi Siti” hujumchisi Fernando Lorente, “Inter” yarim himoyachisi Antonio Kandreva hamda “Sautgempton” himoyachisi Virjil van Deykni ko'rmoqchi.


Nashr bergan xabarga ko'ra, Aleks Sandroning transferi ushbu xaridlar orasida eng muhimi ekan. “Yuventus” o'z himoyachisini 67 million evroga sotishga tayyor.

Ma'lumot uchun, “Chelsi” bugungacha “Real” hujumchisi Alvaro Morata, “Roma” himoyachisi Antonio Ryudiger hamda “Monako” yarim himoyachisi Temua Bakayokoni o'z safiga qo'shib oldi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: