"Chelsi" Terrining chetlatilishi borasida apellyaciya berdi

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017
"Chelsi" himoyachi Jon Terrining "Piterboro"ga qarshi Angliya Kubogi uchrashuvida chetlatilishi borasida apellyaciya berdi.
Bahs Londondagi "Stemford Brij"da o'tdi va 4:1 hisobida yakunlandi. 67-daqiqada Terri qizil kartochka olib maydonni tark etgan. O'yinni Kevin Frend boshqargan edi.
Londonliklar 10 yanvar kuni Angliya futbol federatsiyasi tomonidan ko'rib chiqiladigan rasmiy apellyaciya berdi. Agar bu rad etilsa, Terri "Lester"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mai