"Chelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddinkning ma'lum qilishicha, klub jamoa sardori Jon Terriga 1 yillik shartnoma taklif qildi.
Ayni damda Terri ushbu taklifni ko'rib chiqmoqda.
Yanvar oxirida 35 yoshli futbolchi "Chelsi" unga yangi bitim taklif qilmasligini aytgan edi. Terrining hozirgi shartnomasi kelayotgan yozda yakuniga etadi.