"Chelsi" sobiq futbolchisi Odil Ahmedov bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2017, 14:36
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" o'z safiga yana bir chet ellik futbolchini qo'shib oldi.

"TransferMarkt China" "Tvitteri"ning xabar berishicha, "Chelsi" va "Real" sobiq futbolchisi Rikardo Karvalo "Shanxay SIPG"ning Dohadagi yig'inida ishtirok etmoqda.




Xitoy Super ligasining 2017 yilgi mavsumida Karvalo Jan Evrard Kuassi o'rnida legioner futbolchi sifatida o'ynaydi. 38 yoshli futbolchi va Xitoy klubi o'rtasidagi bitim haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Jan Evrard Kuassi ham 2017 yilda qaysi klubda o'ynashi e'lon qilinmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia