"Chelsi" Semeno transferidan voz kechdi

Administrator
24 dek 2025
"Chelsi" Antuan Semenoni sotib olmaydi.

"Chelsi" Antuan Semenoni transferiga qarshi qaror qabul qildi. Avvalroq, London klubi "Bornmut" qanot hujumchisining transferi bo'yicha ma'lumot so'ragani ma'lum bo'lgandi. Biroq endi "Chelsi" futbolchini sotib olish niyatidan voz kechdi - bu haqda jurnalist Ben Jeykobs va The Athletic nashriyoti xabar bermoqda.

"Chelsi" hozirgi tarkibidagi hujumchi o'yinchilariga ishonch bildirmoqda.

Semeno joriy mavsumda Angliya Premier-Ligasidagi 16 ta o'yinda 8 ta gol urib, 3 ta gol uzatmasini bergan. Unga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirishi xabar qilingan edi.


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic