"Chelsi" Satpaevni ijaraga berishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025
Londonning "Chelsi" jamoasi qozog'istonlik hujumchi Dastan Satpaevning transferini yakunlab bo'lgan.

Ammo u Angliya klubidagi debyutini darhol o'tkaza olmaydi, deb xabar berdi "The Chelsea Chronicle".

Reglamantga ko'ra, 17 yoshli futbolchi faqat 18 yoshga to'lganidan keyin "ko'klar" safiga qo'shiladi, yani keyingi yil.

Manbaning xabar berishicha, "Chelsi" Satpaevda katta salohiyatga ega deb hisoblamoqda, biroq unga APL darajasiga chiqish uchun ko'proq o'yin vaqti kerak. Shu bois, klub yosh forvardni rasmiy o'tishdan so'ng darhol ijaga berib yubormoqchi. Ehtimoliy variantlar orasida "Chelsi" tizimiga kiruvchi Fransiyaning "Strasbur" jamoasi ham bor.

Dastan ayni paytda o'z texnikasi va jismoniy tayyorgarligini oshirib, shaxsiy murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Ayni paytda u Chempionlar Ligasining joriy mavsumida "Inter" va "Arsenal" kabi grandlarga qarshi maydonga tushadigan Olmaotaning "Qayrat" jamoasida xalqaro tajriba orttirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Chelsea Chronicle