"Chelsi" Sarrining o'rnida ishlaydigan nomzodni aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
21 fev 2019, 00:16
Fransiyalik mutaxassis Loran Blan "Chelsi" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

"London Evening Standard" xabariga ko'ra, "aristokratlar" rahbariyati 43 yoshli mutaxassis Mauricio Sarrini o'zgartirishi borasida bir qarorga kelib olgan. Italiyalik esa yaqin vaqtlarda iste'foga chiqarilishi mumkin.

Sarri o'tgan yozda "Chelsi" bosh murabbiyi bo'lgandi. Uning qo'l ostidagi jamoa Yevropa ligasi 1/8 finaliga chiqishga yaqin turibdi. Shuningdek, "Chelsi" Angliya Kubogidan chiqib ketdi va Liga Kubogida finalga yetib bordi. APL turnir jadvalida 6-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com