

"Ko'klar" 21 yoshli fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashmoqchi. "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning assistenti Konate bilan "RB Leyptsig"da ishlagan.
U futbolchini London klubiga o'tishga undab ko'radi. Oldinroq xabar berilganidek, "Arsenal" ham Konate uchun davogar.
Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.



