"Chelsi" Raboni xarid qilmoqchi

Alisher
1 may 2021
"Yuventus" xavbeki Adrien Rabo "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Aristokratlar" 26 yoshli o'yinchi uchun yozgi transfer oynasida kurashishmoqchi. Fransiyalikka shuningdek "Barselona" va "Manchester Yunaytel" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Keksa sinora" Raboni 20 million evroga baholamoqda. Uning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato