"Chelsi" qishda "Kristal Pelas" forvardi bilan tarkibini kuchaytirmoqchi

Alisher
12 yanv 2021, 13:28
"Kristal Pelas" forvardi Vilfrid Zaa "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Ko'klar" jamoaning hujumdagi natijalarini yaxshilash uchun 28 yoshli ivuarlik futbolchini qishda o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Arsenal" va "Everton" ham Zaa uchun da'vogarlik qilishmoqda.

Forvard jamoasi safida joriy mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror