"Chelsi" PSJ forvardini nishonga oldi

Alisher
27 okt 2021, 14:56
PSJda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Mauro Ikardi APLga yo'l olishi mumkin.

Hujumchining transferiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" Romelu Lukakuga bosimni pasaytirish uchun hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Tomonlarning qishki transfer oynasida muzokaralar o'tkazishi istisno etilmayapti. Mauro Parij grandiga o'tgan yilning yozida o'tib, 4 yillik shartnoma imzolagan edi.

Ikardi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal