"Chelsi" posboni jamoasini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2019, 00:30
"Chelsi" posboni Eduardu London jamoasi bilan hamkorlikni yakunladi va "Braga"ga qaytdi.

"dn.pt" xabariga ko'ra, 36 yoshli darvozabon 2020 yilga qadar "aristokratlar" safida bo'lishi kerak edi. Ammo u bu mavsumda jamoada birorta o'yin o'tkazmagani uchun u yerdan ketishga qaror qildi.

Posbon o'zining professional faoliyati boshlangan "Braga" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekib bo'lgan.

Eduardu 2016 yilda "Chelsi"ga o'tgandi. U asosiy tarkibda birorta o'yin o'tkazmadi. O'tgan mavsumni u "Vitess" tarkibida ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: dn.pt