"Chelsi" Pochettinoning iste'fosini e'lon qildi. Yangi murabbiy kim bo'ladi?

Iskandarov Abdulaziz
22 may 2024, 08:15
Argentinalik mutaxassis ikki tomonlama kelishuvga ko'ra jamoa bilan xayrlashdi.

Murabbiy "Chelsi" bilan faqat bir mavsum ishladi va APL turnir jadvalida 6-o'rinni band etdi. Uning boshchiligida "aristokratlar" evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Avvalroq klub rahbarlari bosh murabbiy lavozimiga Antonio Konteni olib kelishi mumkinligi haqida xabar paydo bo'lgandi. Tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni olib borishgan.  Shuningdek, yana bir sobiq murabbiy Tomas Tuxelning ham qaytish ehtimoli ko'rib chiqilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: The Telegraph