

"Chelsi" klubi himoyachisi Itan Ampadu faoliyatini "Veneciya" jamoasida davom ettiradi. Londonliklar 20 yoshli himoyachi bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishdi va uni ijaraga berib yuborishdi.
Ampadu uchun bu ijaradagi ketma-ket uchinchi klub bo'ladi. Bundan avval futbolchi "Sheffild Yunayted" va "Leyptsig" jamoalarida bir mavsumdan o'yi o'tkazib qaytgandi.


