"Chelsi" Osimxen uchun "Napoli"ga Lukaku va Kazadeini taklif qilishga tayyor

Alisher
7 iyul 2024, 12:45
"Chelsi" yozgi transfer oynasida "Napoli" forvardi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolamoqchi.

Londonliklar 25 yoshli nigeriyalikning narxini pasaytirish uchun forvard Romelu Lukaku va yarim himoyachi Chezare Kazadeini taklif qilishga tayyorlar.

Osimxen 2020 yildan beri "Napoli"da o'ynaydi. U 2023/24 yilgi mavsum jamoa safida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali forvardni 100 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Teamtalk