“Chelsi” Morata uchun 70 million talab qilmoqda

27 iyul 2018, 07:33
“Milan” rahbariyati hujumchi Alvaro Morataning transferi borasida “Chelsi” bilan muzokara olib bormoqda.

Londonliklar ispaniyalik hujumchi uchun 70 million talab qilishmoqda, italiyaliklar esa kamroq summaga futbolchini sotib olishni rejalashtirishgan.

Morataning o'zi ham A seriyaga qaytishga qarshi emas. U vaqtida “Yuventus”da to'p tepgan.

Agar ushbu transfer amalga oshmaydigan bo'lsa, “Milan” rahbariyati Gonsalo Iguain yoki Radamel Falkao bilan muzokaraga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Italia