"Chelsi" Matich bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2017, 16:41
"Chelsi" rahbariyati yarim himoyachi Nemanya Matich bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlamoqchi.

28 yoshli futbolchi Antonio Konte uchun muhim futbolchi hisoblanadi.

Konte "Chelsi" safida 2 nafar markaziy chiziq futbolchilarini ko'rishni istayotganiga qaramay London klubi Matichga shartlari yaxshilangan yangi bitim taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Matich APLning 26 ta uchrashuvida ishtirok etib, 6 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror