"Chelsi" "Manchester Yunayted" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga tayyor

Mirjalol Normatov
20 mar 2018, 18:59
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, londonliklar futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Ayni damda angliyalik futbolchi Joze Mourinyoning keskin tanqidlariga uchramoqda. Oldinroq u shu boisdan jamoadan ketishga ahd qilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

2015 yilda "Chelsi" Shouni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgandi. Shuningdek, "Sautgempton" tarkibida o'ynab yurganida uning xizmatlariga qiziqish bildirgandi.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail