"Chelsi" - "Manchester Yunayted" Sport TV da olib beriladimi?

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 14:33
Yevropa milliy chempionat o'yinlari boshlanib, muxlislar undagi har bir o'yinini intiqlik bilan kutib yashayotgani turgan gap.

Ammo Sport TV xorij futboli translaciyalarining olib ko'rsatish xuquqini sotib olmagani bois, ko'plab yurtdoshlarimiz TV orqali o'yinlarni ko'ra olishmayapti. 

Ma'lumki ertaga Angliya premer ligasining 2-turidan o'rin olgan, "Chelsi" - "Manchester Yunayted" bahsi bo'lib o'tadi. Ushbu markaziy o'yinni Sport TV olib ko'rsatadimi? O'quvchilarimiz tomonidan berilayotgan ushbu savolga, javob olish maqsadida Sport TV xodimiga murojaat qildik. Va shunga min bo'ldikki, afususki ushbu orziqib kutilgan o'yin Sport TVda olib ko'rsatilmasligi aniq ekan. Bunga albatta hanuzgacha translaciya huquqi sotib olinmagani sabab sifatida ko'rsatilmoqda.

Lekin bu Sport TVning bundan keyin futbol o'yinlarini olib bermaydi degani emas. Boisi tomonlar o'rtasida ayni paytda muzokaralar ketmoqda. Umid qilamizki, TV rahbarlari bu masalani ijobiy tomonga hal eta oladilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia