"Chelsi" Kunde uchun 70 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi

Alisher
25 apr 2022, 17:38
"Chelsi" hali ham "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundega qiziqmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, francuz faoliyatini "Real"da davom ettiradigan himoyachi Antonio Ryudigerning o'rnini egallashi kerak.

Qayd etish kerakki, ispan klubi o'z futbolchisi uchun 70 million evro ishlamoqchi.

23 yoshli Kunde joriy mavsum "Sevilya" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur