"Chelsi" Kulibali bilan kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2022, 20:40
Himoyachi Kalidu Kulibali "Napoli"dan "Chelsi"ga o'tadi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 31 yoshli futbolchining 40 million evroga teng transferi borasida kelishuvga erishilgan.

Sky Sport ham senegallik futbolchining London jamoasiga o'tish arafsida ekanini tasdiqladi.

Bir kun avval "Napoli" ochiq mashg'ulot o'tkazdi, unda Kulibali ishtirok etmadi.

Himoyachi "Chelsi" bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi va yiliga 10 million evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira