APL. "Chelsi" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2021
Ushbu sahifada Angliya premer ligasining 1-turi doirasidagi "Chelsi" hamda "Kristal Pelas" jamoalari o'rtasidagi bahs matnli translyatsiyasi o'rin egallagan.

Chelsi – Kristal Pelas 3:0 

Stemford Brij

Gollar: 1:0 – 27 Alonso, 2:0 – 40 Pulishich, 3:0 – 58 Chaloba.

Chelsi – Mendi, Aspilikueta (Jeyms, 67), Ryudiger, Kristensen, Chaloba, Alonso (Emerson, 86), Kovachich, Jorjino, Pulishich (Xaverc, 82), Maunt, Verner.

Kristal Pelas – Guaita, Uord, Kuyate, Gexi, Mitchell, Shlupp (Andersen, 57), Makartur, Ridevald (Rak-Saki, 77), Ayyu, Zaxa, Mateta (Benteke, 57).

90+2. UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

79. Statistika! To'p nazorati bo'yicha - 67% - 33%. 

63. Djordan Ayyu bosh bilan zarba berdi, Mendi to'pni qo'li bilan ushlab oldi.

Shaloba chamasi 23 metrlardan erlatib zarba berdi va darvozaning o'ng burchagiga joylab qo'ydi.

58. GOOL! Shalobadan ajoyib gol!

48. Markos Alonsodan xavfli zarba!!! Ammo hisob o'zgarmadi. 

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. UXXXX! Alonso to'pni chap qanotdan uzatib berdi, Vernerning darvozaga bergan zarbasi biroz noaniq ketdi. 

Maunt to'pni o'ng qanotdan uzatib berdi. Darvozabon to'pni urib yubordi va Pulishich gol urdi. 

40. GOOOL! Pulishich hisobni ikkitaga oshirdi.

39. Statistika! Darvoza tomon zarbalar bo'yicha - 6-0. Aniq zarbalar - 3-0.

32. Statistika! To'p nazorati bo'yicha ustunlik "Chelsi"da - 69% - 31%

Markos Alonso jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi!

26. GOOOLLL! Alonso hisobni ochdi!

15. UXXXXXX. Mauntning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini Visente Guaita qiyinchilik bilan qaytarmoqda

13. "Chelsi" to'liq ustunlikka erishmoqda. Bu safar Kovachichning zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

10. ZARBAAA. Markos Alonsoning ajoyib uzatmasiga Pulishich boshi bilan zarba yo'lladi, ammo darvozabon o'z o'rnida

7. ZARBA. Sesar Aspilikuetaning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Jamoalar o'yindan avvalgi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etishmoqda. 

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari. Sizlarni Angliya premer ligasining 1-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan "Chelsi" hamda "Kristal Pelas" jamoalari o'rtasidagi bahsni onlayn ravishda kuzatib borishga taklif etamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia