Chelsi – Kristal Pelas. Kurtua va Azar maydonga tusha oladi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2017, 08:41
Chelsi posboni Tibo Kurtua va yarim himoyachi Eden Azar Kristal Pelasga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishadi.

Ikkala futbolchi ham mashg'ulotlarga qaytishdi. Katta ehtimol bilan ular shanba kungi o'yinda maydonga tushishadi.

Azar va Kurtua jarohat tufayli Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishdi. Bu o'yinda Belgiya (3:3) hisobida durang o'ynadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportsmole.co.uk