Chelsi Konte bilan 3 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2016, 17:20
Chelsi italiyalik murabbiy Antonio Konte bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Italiyalik murabbiy London klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. Ayni paytda Konte Italiya terma jamoasida ishlamoqda, u Evro-2016dan so'ng London klubida ish boshlaydi.

Konte Chelsida ishlaydigan beshinchi italyan bo'ladi. Oldinroq London klubida Janluka Vialli, Klaudio Raneri, Karlo Anchelotti va Roberto Di Matteo ishlagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com