“Chelsi” Keyxill bilan shartnomani uzaytiradi

8 yanv 2014, 10:54
“Chelsi” himoyachisi Gari Kyexill yaqin kunlarda klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

“Aristokratlar” 28 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisi bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashmoqchi, deb xabar beradi Daily Mail.

Keyxillning “Chelsi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, himoyachi 2012 yil “Bolton”dan 7 million funt evaziga londonliklar safiga o'tgan edi.

Ushbu mavsum Angliya chempionatining 13 ta o'yinida ishtirok etgan futbolchi, 1 ta gol urishga erishgan.


Manba: sports.ru