
O'tgan hafta Kavani agentlari Londonga tashrif buyurib, bir necha klub vakillari bilan uchrashib qaytishdi. Ular qatorida "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" ham bor. Ushbu futbolchiga, shuningdek, Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq "ko'klar" xo'jayini Roman Abramovich Edinsonni sotib olishga qatiy qaror qildi va uning uchun 84 million evro to'lashga tayyor ekani ma'lum qilinmoqda.