Chelsi Kandreva uchun kurashni boshladi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2016
Lacio yarim himoyachisi Antonio Kandreva navbatdagi top klubi e'tiboriga tushdi.

Inter va Napolidan keyin 29 yoshli Italiya terma jamoasi a'zosiga Chelsi qiziqib qoldi. Londonliklar Kandrevani Yuventus tomonidan to'liq sotib olinishi kutilayotgan Xuan Kuadradoning o'rniga sotib olinishi mumkin.

Oldinroq Lacio Kandrevani Napoliga 24 million evroga sotishga tayyorligi haqida xabarlar chiqqandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com