

Futbolchi jamoa rahbariyatiga yozda jamoani tark etish niyatida ekanligini ma'lum qilgan. 27 yoshli hujumchiga "Chelsi"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani yoqmayapti.
Ma'lumot uchun, "Chelsi" Kristofer Nkunkuni 2023 yilda "Leyptsig"dan 65 million evroga sotib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Hujumchi joriy mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.



