"Chelsi" himoyachisi safga qaytdi

Mirjalol Normatov
23 sen 2023, 11:33
"Chelsi" himoyachisi Benua Badyashil umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchi tizzaosti bo'g'imning shikastlangan jarohatini davolagan. Biroq uning o'yinlarda qachon ishtirok eta boshlashi ma'lum emas.

Badyashil 2023 yil qishida "Monako"dan London klubiga o'tgandi. Shu davr mobaynida u 11 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. "Chelsi"ning navbatdagi uchrashuvi ertaga 18:00da "Aston Villa"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: chelseafc.com