"Chelsi" himoyachisi "Lacio"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
3 avg 2022
"Chelsi" himoyachisi Emerson yozda Angliya klubini tark etadi.

"Isider Lazio" xabariga ko'ra, futbolchi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.

Manbaga ko'ra, "Lacio" 28 yoshli italiyalikni 9 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.

Emersonning shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

U o'tgan mavsum "Lion" safida ijara asosida o'ynagan va uning uchun barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Lacio" "Chelsi"ning italiyalik futbolchisini nishonga oldi 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Isider Lazio