"Chelsi" forvardi Batshuayi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Alisher
28 iyul 2021, 10:37
"Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

27 yoshli belgiyalik futbolchi ijara asosida "Trabzonspor" klubiga o'tishga yaqin.

Agar bitim yakunlansa, futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni Turkiya jamoasida o'tkazadi.

Batshuayi o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida ijara asosida o'ynadi. Futbolchi "burgutlar" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Milliyet