"Chelsi" Eto'Oni sotib olish bo'yicha "Anji" bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 13:37
Londonning "Chelsi" klubi Samuel Eto'Oni sotib olish borasida "Anji" bilan kelishib oldi, deya xabar bermoqda Telegraph.
Manba xabariga ko'ra, transfer amalga oshishi uchun "Chelsi" ikki million funt to'laydigan bo'ldi.

Avvalroq, "Chelsi" bilan "Anji"ning yana bir futbolchisi Villian ham kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi. Norasmiy xabarlarga ko'ra Villian "Chelsi" bilan 5 yillik shartnomaga qo'l qo'ygan.

Eto'O va Villianning "Chelsi"ga o'tgani fqin vaqt ichida rasman ma'lum qilinishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com