"Chelsi" Enco Fernandes uchun narx belgiladi

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026, 19:11
London jamoasining argentinalik yarim himoyachisi Enco Fernandes joriy mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, PSJ yozda "Chelsi"ga katta miqdorda taklif kiritishga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, Madridning "Real" jamoasi Fernandesga bo'lgan qiziqishini to'xtatgani takidlanmoqda. "Ko'klar" argentinalik yarim himoyachini 100-140 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" 2023 yilda Fernandesni "Benfika"dan 121 mln evroga sotib olgandi. 25 yoshli xavbek joriy mavsum 32 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur