"Chelsi" Donnarumma xaridiga qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2016, 11:38
"Chelsi" "Milan"ning 17 yoshli darvozaboni Janluiji Donnarummani xarid qilishga qiziqib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi mavsum oxirida transferni amalga oshirmoqchi.

Taxminlarga ko'ra, ayni damda italiyalikning transfer narxi 70-80 mln. evro. Donnarumma 25 fevral kuni, o'zining 18 tug'ilgan kunida "Milan" bilan shartnoma uzaytirishi kutilmoqda.

Donnarummaga "Real" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport