"Chelsi" darvozaboni Sanches "Barsa"ga qarshi 3:0 dan so'ng Yamal haqida: "Kukurelya uni cho'ntagida saqladi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2025, 19:57
"Chelsi" darvozaboni Robert Sanches Lamin Yamalning o'yini haqida fikr bildirib, Marku Kukurelya uni to'liq nazorat qilganini aytdi.

Seshanba kuni "Chelsi" UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turida "Barselona"ni "Stemford Brij"da 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Kukurelya uni [Yamalni] cho'ntagida saqladi. To APL jamoasiga qarshi kelgunicha hamma zo'r ko'rinadi.

– "Barselona" hali ham Liga chempionlari favoritimi?

– Yo'q, favoritlar – biz", – dedi Sanches.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca