"Chelsi" Braziliya terma jamoasining ikki o'yinchisini nishonga oldi

Alisher
2 apr 2020
"Chelsi" yozgi transferlar oynasida tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga tayyor.

London klubi "Portu" himoyachisi Aleks Tellesning xaridiga qiziqish bildirmoqda. Portugaliya klubi braziliyalikning transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi.

"Chelsi" shuningdek "Barselona" xavbeki Filippe Koutino uchun ham "Tottenxem" bilan raqobat qiladi.

Takidlanishicha, o'yinchilarning agentlari bilan yaxshi aloqa "Chelsi"ga transferlarni amalga oshirishda qo'l keladi.

London klubi APLning 29 turidan so'ng 48 ochko to'plagan holda, jadvalning to'rtinchi o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira