"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
11 dek 2025, 22:30
"Chelsi" qishda tarkibini kuchaytirish uchun bir qancha variantlar ko'rib chiqmoqda.

Bu yo'lda klubdagilar "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoni jamoaga olib kelmoqchi.

22 yoshli Kasado jamoaning hozirgi tarkibiga tezda kirishib ketishiga ishonishmoqda. Uning transfer qiymati 30 million evro atrofida baholanmoqda.

Kasado ushbu mavsumda Kataloniya klubi asosiy tarkibida ko'p ham o'ynamayapti. U ushbu mavsumda 15 o'yinda qatnashib, 1 golli pas amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TEAMtalk