"Chelsi" barcha katta sovrinlarni yutgan beshinchi klubga aylandi

Mirjalol Normatov
13 fev 2022, 15:33
Kecha "Chelsi" o'z tarixida ilk marta klublar o'rtasidagi mundial g'olibligini qo'lga kiritdi.

Shu orqali londonliklar barcha katta sovrinlarni qo'lga kiritgan beshinchi klubga aylandi. Bunga qadar "Yuventus", "Bavariya", MYU va "Ayaks" kabi klublar ushbu natijani qayd etgan.

"Chelsi" YCHL, Yevropa ligasi, UEFA Kubok egalari kubogi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi mundialda bir marta bo'lsa ham g'olib bo'ldi.

"Liverpul" va "Real" esa Kubok egalari kubogi sovriniga ega chiqmagani uchun ushbu ro'yxatga kiritilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal