“Chelsi” a'zosi “Adana Demirspor”ga tekinga o'tmoqda. Ammo ...

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2023, 10:05
Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Milan”da ijara asosida harakat qilgan “Chelsi” yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

U “Adana Demirspor”ga tekinga o'tmoqda va yangi klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi. Ammo Bakayokoning keyingi transferidan ma'lum foizi “Chelsi”ga o'tkazib berilishi kerak.

28 yoshli francuz 25 yanvar kuni Turkiyaga uchib boradi va payshanba kuni rasman shartnoma imzolaydi.

Bakayoko joriy mavsum A Seriyada 14 bahsda qatnashib, 3 bor sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira