Chelsi, Arsenal va Tottenxem Barkliga qiziqib qolishdi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2016, 08:44
Tottenxem yanvar oyida Everton yarim himoyachisi Ross Barklini sotib olmoqchi.

Futbolchiga Chelsi va Arsenal klublari ham qiziqmoqda. 23 yoshli futbolchining shartnomasi yozda tugaydi va kelajagi borasida yozda qaror chiqarishi mumkin.

Oldinroq Everton Barklini 25 million funtga sotishi haqida xabar berildi.

Bu mavsum Barkli APLda 16ta o'yinda 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk