“Chelsi” APLning so'nggi 3 ta o'yinidan 2 tasida yutqazdi

6 dek 2018, 07:58
Sarri shogirdlari kecha APL 15-turida “Vulverxempton”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shu tariqa “Chelsi” APLning so'nggi 3 ta o'yinidan 2 tasida yutqazdi. Jamoa o'tgan turda “Tottenxem”ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. “Vulverxempton” esa 20 oktyabrdan beri ilk marta APLda g'alaba qozondi. Jamoa APLning so'nggi 6 ta o'yinidan beshtasida mag'lub bo'lib, bittasida durang qayd etgandi.

“Chelsi” hozirda musobaqa jadvalida 31 ochko bilan 4-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia