“Chelsi” APLdan zaxira imkoniyatini 9taga oshirishni so'radi

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2020, 21:00
Bu haqda “Telegraph” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, londonliklar o'yin davomida almashtirishlar sonini uchtadan to'qqiztagacha oshirishni taklif qilmoqda. Klub vakillarining fikriga ko'ra, shu tariqa bo'lajak jarohatlarning oldini olish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) klublarga 2019/20 yilgi mavsumning qolgan qismida beshta zaxira imkoniyatidan foydalanishi uchun ruxsat bergandi. Bunday tizim restart olgan Germaniya chempionati allaqachon qo'llanilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Telegraph