“Chelsi” APLda 500-g'alabaga erishgan uchinchi jamoa bo'ldi
Aslanov Jasurbek
18 dek 2016, 01:15
Angliya chempionatining 17-turida “Chelsi” futbolchilari “Kristal Pelas” (1:0)dan ustun kelishdi.
“Ko'klar” uchun bu Premer liga tarixidagi 500-g'alaba sifatida qayd etildi. Shu tariqa “Chelsi” APLda ushbu dovonni zabt etgan uchinchi jamoa bo'ldi. Ayni paytda “Manchester Yunayted” hisobida 593, “Arsenal” hisobida esa 512 g'alaba mavjud.