"Chelsi" Angliya terma jamoasi yarim himoyachisini xarid qilmoqchi

Alisher
24 mar 2020, 14:48
"Chelsi" mavsum yakunlangandan so'ng "Vest Xem" tayanch yarim himoyachisini ortga qaytarmoqchi.

21 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisi aynan "ko'klar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 2014 yilda "Chelsi" akademiyasini tark etgan. Futbolchi "aristokratlar" xavbeki Meyson Maunt bilan do'stdir.

Raysning "Vest Xem" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 55 million evroga baholagan.

Deklan joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com