Chelsi Alderveyreld, Grin va Guaitaga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
6 may 2015, 09:26
Chelsi tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarni boshlab yubordi.
The Guardian nashri xabariga ko'ra Angliya chempionlari Sautgempton vakili Tobi Alderveyreldga e'tibor qaratishdi.

Bundan tashqari, Chelsi ikki darvozabon – Robert Grin (KPR) va Visente Guaita (Xetafe) bilan qiziqmoqda. Ulardan biri agar jamoani Petr Chex tark etsa London klubiga o'tishi mumkin.

1 iyulda Grin erkin agentga aylanadi.

Oldinroq Chelsi qiziqish doirasida Antuan Grizmann, Koke (ikkisi – Atletiko), Pedro (Barselona), Morgan Shnayderlin va Nataniel Klayn (ikkisi – Sautgempeton) kabi futbolchilar borligi haqida ma'lumot chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru