"Chelsi" afsonalaridan biri jamoaga qaytdi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2019
Fransiyalik sobiq futbolchi Klod Makelele Chelsining yoshlar jamoasida sport bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, u ijara asosida boshqa klublarda faoliyat olib borayotgan jamoa a'zolarining holatini tekshirib boradi. 2011 yili butsalarini mixga ilgan yarim himoyachi PSJ hamda Suonsi Sitida murabbiy yordamchisi bo'lib, Monakoda esa tehnik director lavozimlarida faoliyat olib bordi. Shu vaqt oralig'ida Makelele Bastiya va Eypen klublarini ham boshqarishga ulgurdi. 

Eslatib o'tamiz, 46 yoshli mutaxassis 2003-2008 yillar oralig'ida aristokratlar safida harakat qilib, 6ta titulni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: chelseafc.com