"Chelsi" Abraxamning narxini 25 foizga pasaytirdi

24 may 2021, 20:00
Temmi Abraxam yozgi transfer oynasida "Chelsi"ni tark etadi.

Avvalroq "aristokratlar" forvardni 40 mln funt evaziga sotib yuborishga tayyorligi aytilgan edi. "Goal.com" xabariga ko'ra, jamoa rahbariyati Abraxamning narxini 25% ga qisqartirib, 30 mln funtga sotmoqchi.

Abraxamga asosiy da'vogar Londonning "Vest Xem" klubi bo'lib turibdi. Shu tufayli hujumchi Deklan Raysning transferiga qo'shib yuborilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com