"Chelsi" 3 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi, agar...

Sherzod Nurmatov
25 sen 2024, 15:39
"Chelsi"ning 3 nafar futbolchisi kelajagi so'roq ostida, deb xabar berdi "Boot Room".

Ushbu ro'yxatga vingerlar Mixaylo Mudrik va Noni Madueke, shuningdek, yarim himoyachi Kristofer Nkunku kiritilgan.

Qayd etilishicha, "ko'klar" rahbariyati har uchala futbolchi bilan uchrashuv o'tkazgan. O'yinchilarga "Stemford Brij"da kelajagi uchun kurashish kerakligi, aks holda ular qishda sotilishi mumkinligi tushuntirilgan.

Shu bilan birga, "Chelsi" yanvarda yangi futbolchilarni sotib olishi mumkin. Avvalroq "ko'klar" bosh murabbiyi klubning transfer bozoridagi yangi strategiyasini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Boot Room