

"Chelsi" 18 yoshli braziliyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
"Vasko da Gama" futbolchisi Andrey Santush tez orada London klubiga o'tadi, dedi Fabricio Romano. Shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib bo'lingan, bitim yakuniy bosqichda.
Santush 2022 yilda Braziliya B Seriyasida 33 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi, 9 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi. U Braziliya U-20 terma jamoasi tarkibida 4 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.



