“Charm to'p-2019”. “Bobur” mamlakat bosqichida Toshkent viloyati sharafini himoya qiladi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2019, 11:51
Toshkent viloyati hududida tuman, shaharlararo “Charm to'p” ananaviy turnirining uchinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida “Charm to'p” musobaqasining to'rtinchi bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Nurafshon shahridan “Bobur” mahalla fuqarolar yig'ini (MFY),  Yangiyo'l shahridan “Baxt” MFY hamda Yuqori Chirchiq tumanidan “Shodlik” MFY jamoalari o'zaro kurash olib borishdi. 

Dastlab Yangiyo'l shahar hamda Yuqori Chirchiq tumani mahalla jamoalari maydonga tushishdi. Uchrashuvda Yuqori Chirchiq tumanining “Shodlik” MFY jamoasi g'olib bo'ldi.

“Charm to'p-2019” musobaqasining Toshkent viloyati bosqich finalida Nurafshon shahrining “Bobur” MFY jamoasi “Shodlik” mahalla jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy bo'lgan bahsda 5:1 hisobida zafar quchgan “Bobur” jamoasi Toshkent viloyati g'olibi sifatida Respublika final bosqichiga yo'llanma qo'lga kiritdi.

Ilhom Rahmonov tayyorladi 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: olamsport.com